Premyer-liga klublari angliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 06:50
"Lill" yarim himoyachisi Anxel Gomes yanvar oyidayoq Angliyaga qaytishi mumkin.

24 yoshli futbolchining shartnomasi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Angliyalik futbolchini tekinga boy bermaslik uchun "Lill" uni qishki transfer oynasida 15-18 million yevroga sotishga tayyor.

Gomesni yanvarda sotib olish imkoniyatini "Tottenxem", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Nyukasl" va “Aston Villa” klublari ko‘rib chiqmoqda, yarim himoyachiga Italiyaning “Napoli” klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Anxel Gomes shu oyda Angliya terma jamoasi safida debyut qildi va Millatlar ligasida Irlandiya va Finlyandiyaga qarshi o‘yinlarda maydonga tushdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati