Alaves ustozi: Real bir kishi kam bo‘lib qolishi kerak edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 06:18
"Alaves" bosh murabbiyi Luis Garsiyaning fikricha, "Real" hujumchisi Endrik maydondan chetlatilishi kerak edi.

“Qaymoqranglilar” 3:0 hisobida oldinda borishdi, ammo yakunda mehmonlar 85 va 86-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga intrigani tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Bundan biroz oldin Endrik ogohlantirish olgan edi. Garsiyaning fikricha, hakam yosh braziliyalik uchun sariq kartochka bilan cheklanmasligi kerak edi.

"Hech kim Endrik qizil kartochkaga loyiq emas deb ayta olmaydi. Uni olib tashlash kerak edi. "Real" so‘nggi o‘n daqiqani ozchilikda o‘tkazishi kerak edi", - dedi "Alaves" bosh murabbiyi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati