Ter Shtegen: Hammadan minnatdorman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 05:31
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohatidan so‘ng birinchi marta fikr bildirdi.

Nemis futbolchisi yakshanba kuni La Liga doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘yinda tizzasidan jiddiy jarohat oldi.

"Men “Barselona” muxlislari, jamoadoshlarim, raqiblar, klublar va do‘stlarga qo‘llab-quvvatlashlari va muhabbatlari uchun chin dildan minnatdorman. "Vilyarreal" muxlislariga stadionda hurmat ko‘rsatgani uchun alohida minnatdorchilik bildiraman.

Bu men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Men o‘zimni kuchli his qilaman va ijobiy munosabatdaman. Endi butun e’tiborimni tiklanishga qaratganman. Rahmat!" - deydi Ter Shtegen.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati