Manchester Siti va Chelsi Liga kubogining 1/8 finaliga yo‘l olishdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 04:47
Angliya liga kubogi 1/16 finalida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Uotford”ni mag‘lub etdi – 2:1.

“Shaharliklar”ning gollarini Jeremi Doku va Mateush Nunyesh kiritishdi. Mehmonlar Tom Insning goli bilan javob berishdi.

Parallel kechgan bahsda "Chelsi" o‘z maydonida "Barrov" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi - 5:0. Kristofer Nkunku xet-trik qayd etdi, Pedro Netu ham gol urdi, Pol Farman esa avtogolga mualliflik qildi.

Turnirning 1/8 finalidagi “Siti” va “Chelsi” jamoalarining raqiblari qur’a tashlash marosimidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati