Manchester Siti Rodrining aniq tashxisini haligacha bilmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 04:37
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa yarim himoyachisi Rodrining jarohati haqidagi savolga javob berdi.

Yarim himoyachi 22 sentyabr kuni APLning 5-turidan o‘rin olgan "Arsenal"ga qarshi o‘yinda (2:2) jarohat olgandi.

"Rodri uzoq vaqtga safdan chiqdimi? Ha. Unga aynan nima bo‘lganini bilish uchun shifokorlar hukmini kutamiz. Buni bilsak, klub va men buni e’lon qilamiz", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi BBC.

Rodri "Manchester Siti"da 2019 yilning iyulidan buyon o‘ynab kelmoqda. 2023/24 yilgi mavsum yakunida yarim himoyachi “Oltin to‘p” sovriniga da’vogar 30 ta nomzoddan biriga aylandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati