Varan faoliyatini yakunlashi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 25-09-2024, 04:25
"Komo" himoyachisi Rafael Varan faoliyatini yakunlashi mumkin, deya xabar beradi Le Parisien.

31 yoshli fransuz 2024 yilning iyulida erkin agent sifatida Italiya jamoasiga kelib qo‘shilgan va Italiya kubogi doirasidagi “Sampdoriya”ga qarshi debyut o‘yinida tizzasidan jarohat olgandi.

Jarohat tufayli futbolchi uzoq vaqt maydonga tusha olmaydi, shu sababdan "Komo" uni A Seriyadagi ishtirokchilardan chetlatdi, endi Varan klub bilan shartnomasini bekor qilish va futboldan ketish haqida o‘ylamoqda.

Varan "Komo"dan tashqari “Lans”, “Real” va “Manchester Yunayted” klublarida to‘p tepgan. Futbolchi uch karra Ispaniya chempioni, 4 karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Angliya kubogi va Angliya liga kubogi g‘olibidir.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati