Mang‘istov-Nukus yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezdda yong‘in yuz berdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 3
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-09-2024, 23:43
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 19 sentyabr kuni soat 14:47 da Mang‘istau – Nukus yo‘lovchi poyezdi teplovozining “B” seksiyasining turbokompressoridan uchqun chiqa boshlagan va bu vagonlararo tutashuvlarda maxsus rezina plastinalarning (sufle) yonishiga olib kelgan.
Mashinist tomonidan teplovoz harakat tarkibidan soat 14:50 da uzilib yong‘in bartaraf qilingan va u soat 15:30 da harakatni davom ettirgan. Yuqorida keltirib o‘tilgan holat bo‘yicha fuqarolarga va yo‘lovchi vagonlariga shikast yetmagan.
Yong‘in bartaraf qilinib poyezd soat 15:30 da harakatni davom ettirgan. Yo‘lovchi poyezd Nukus stansiyasiga soat 16:23 da 1 soat 3 daqiqa jadvaldan kech kirib kelgan.
Qayd etilishicha, mas’ul shaxslarga nisbatan intizomiy choralar ko‘rilgan va qolgan lokomotivlar yong‘in xavfsizligi bo‘yicha takroriy tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Hozirda lokomotiv ta’mirlanib, foydalanishga tayyor.