• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • “5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi lisenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

“5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi lisenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 23:25
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bayonotiga ko‘ra, 2024 yil 2 iyulda qabul qilingan qonun bilan joriy yil 5 oktyabrdan Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Umra xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha lisenziya beruvchi vakolatli organ sifatida belgilangan.

“Bu yuqoridagi qonunga ko‘ra, joriy yil 5 oktyabrdan Turizm qo‘mitasi tomonidan Umra ziyoratini amalga oshirish uchun berilgan lisenziyalar avtomatik ravishda to‘xtatilishini bildiradi”, dedi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ziyorat turizmi bo‘limi xodimi Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Shu sababli 2024 yil 5 oktyabrdan boshlab Umra ziyorati xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha Turizm qo‘mitasining lisenziyasi asosidagi faoliyat noqonuniy hisoblanadi. Bu yuridik shaxslarga BHMning 200 baravari (68 mln so‘m) miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Lekin hozircha sohadagi lisenziyalovchi vakolatli organga aylangan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning o‘zida lisenziya berish uchun tartib-taomillar yo‘q.

“Yaqin kunlarda Vazirlar Mahkamasining qarori chiqadi, shu asosida qaror shartlarini bajarganlarga lisenziya beriladi. Qarorda turfirmalarga qanday shartlar borligi haqida ma’lumotga ega emasmiz”, — dedi Diniy qo‘mita xodimi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda turfirmalar uchun majburiy ravishda qo‘yiladigan “garov puli” miqdori 1 million AQSh dollari etib belgilanishi kutilayotgani haqida yozilgandi. Qo‘mita vakili loyiha bilan tanish emasligini aytdi. Ma’lumot uchun, normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portali (regulation.gov)da hozircha bunday loyiha mavjud emas.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati