Jo Bayden AQSh prezidenti sifatida BMT Bosh Assambleyasida so‘nggi marta nutq so‘zladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 22:14
Baydenning nutqidan asosiy iqtiboslar:

◾️ BMT zamonga moslashishi, yangi ovozlar, yangi qarashlarni eshitishi kerak. Aynan shuning uchun biz BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolari sonini oshirishni qo‘llab-quvvatladik;

◾️ Yaqin Sharqdagi mojaroning keng ko‘lamli urushga aylanishining oldini olish uchun diplomatik yechimga erishishning hali ham imkoni bor;

◾️ 7 oktabrdagi Isroilga hujumdan so‘ng butun mintaqani qamrab olishi mumkin bo‘lgan urush avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi qat’iy harakatlarimizga qaramay, oradan deyarli bir yil o‘tib, Livan-Isroil chegarasidagi vaziyat nihoyatda xavotirli tus olmoqda;

◾️ Keng miqyosli urush hech kimning manfaatlariga mos kelmaydi. Vaziyat yomonlashganiga qaramay, diplomatik yechimga erishishning hali ham iloji bor. Aslida, bu har ikki mamlakat aholisiga chegara hududlardagi uylariga eson-omon qaytishga imkon beruvchi doimiy xavfsizlikka erishishning yagona yo‘li bo‘lib qolmoqda. Buning ustida biz tinimsiz mehnat qilamiz;

◾️ Putin asosiy maqsadiga erisha olmadi: Ukraina vayron qilinmadi, NATO esa avvalgidan kuchliroq. Biz vaziyatning o‘zgarishsiz qolishiga yo‘l qo‘ya olmaymiz, bu mamlakat erkinligini saqlab qolish uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimiz kerak. Agressiyaga ko‘z yuma olmaymiz, chunki bu millatning halokatiga olib keladi;
◾️ Ukraina BMT Nizomiga muvofiq barqaror barqaror tinchlikka erishishi uchun biz to‘xtay olmaymiz va Ukrainani qo‘llab-quvvatlashimizni susaytira olmaymiz.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati