Prezident sovg‘asi sifatida berilgan Tahoe avtomobilida tezlikni oshirgan chempion Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jarimaga tortildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 10
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-09-2024, 21:57
Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirib, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga nisbatan MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borilganini ma’lum qildi. Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayevga 3 mln 60 ming so‘m jarima qo‘llanildi. Jarimani 15 kun ichida to‘lasa, 50% chegirma asosida, 1 mln 530 ming so‘m bo‘ladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda davlat raqam belgisi 01 Z 001 ZZ bo‘lgan TAHOE rusumli transport vositasi haydovchisi yuqori tezlikda (110 km/s) harakatlanganligi aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan haydovchi 2001 yilda tug‘ilgan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 128 prim 3-moddasi 3-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib haydovchi bilan profilaktik suhbat olib borildi.
Hurmatli yurtdoshlar yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qiling, deyiladi xabarda.