O‘zPFL: Yoshini 3 yilga kichraytirgan futbolchi hujjatlari to‘g‘rilandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 20:35
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 5887-son Farmonida mamlakatda futbolni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolardan biri sifatida musobaqalarda qatnashuvchi sportchining biologik yoshini sun’iy kichraytirish holatlarining mavjudligi ham qayd etilgan.

Liga muntazam ravishda Adliya organlari bilan hamkorlikda futbolchilar yoshi kichraytirilishi bilan bog‘liq holatlarni aniqlab kelmoqda. Ilk mehnat shartnomasi 2023 yil Liga ro‘yxatidan o‘tkazilgan uch nafar futbolchida yoshni kichraytirish bilan bog‘liq holat aniqlangani haqida yil avvalida xabar berilgandi. Keyinroq ikki holat bo‘yicha ish yakunlanib, yosh futbolchilarning haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha hujjatlari rasmiylashtirilgandi.

Yana bir nafar futbolchi esa tegishli futbol klubi bilan mehnat shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgandi. Mazkur kamchilikni u tomonidan ixtiyoriy ravishda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq bartaraf etilmagani tufayli, Liga huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yuborgandi. O‘rganishlar hujjatlar haqiqatdan ham yoshni kichraytirish bilan bog‘liq qalbaki ma’lumotlardan iborat ekanligini ko‘rsatdi. Ma’lumotga asosan surishtiruv ishlari o‘tkazildi hamda futbolchining yoshini kichraytirish bilan bog‘liq hujjatlarni rasmiylashtirgan shaxslar aniqlandi.

Shu tariqa Liga va Ichki ishlar organlari hamkorligida Qo‘shrabot tumani IIBM va FRB tomonidan futbolchi nomiga rasmiylashtirilgan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, ID karta va xorijga chiqish biometrik passporti amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinib, uning nomiga haqiqiy tug‘ilgan yili bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirib berildi. Yana ham aniqrog‘i, 2002 yilda tug‘ilgan futbolchining musobaqalarda 2005 yil bo‘lib ishtirok etishi oldi olindi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati