Toshkent viloyatida 9 kishining nomiga imtiyozli kredit rasmiylashtirgan MCHJ rahbariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-09-2024, 20:05
Ma’lum qilinishicha, departamentning Ohangaron shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Tekshiruvda fuqaro A.A. (muqaddam Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan sudlangan) 5 ta MCHJ rahbari bilan o‘zaro til biriktirib, o‘zining nomiga “N.I.” MCHJni tashkil qilgani, so‘ng hududiy bank filialidan 9 nafar fuqaroning nomiga 357,1 mln so‘m imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, pullarni yuqoridagi MCHJlar orqali naqdlashtirib olgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.