UEFA Rossiya U-17 jamoalariga erkinlik bermoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 19:58
UEFA davlatlari Rossiya U-17 terma jamoalarining neytral maydonda o‘ynashini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Belarus futbol federasiyasi rahbari Nikolay Sherstnev gapirdi.

"UEFA rahbariyati Rossiyaning 17 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalariga o‘yin huquqini berishni muhokama qilishga, yakuniy qaror qabul qilish uchun Yevropa federasiyalari qanday munosabatda bo‘lishini o‘rganishga qaror qildi.

Shuning uchun aynan UEFA shunday tashabbus bilan chiqdi. Tayyorgarlik ishlari allaqachon amalga oshirilgan va bir qator federasiyalar tomonidan kelishilgan.

Belorus tomoni vakili sifatida men 17 yoshli o‘smirlarning yana katta sahnaga qaytarilishi masalasi qandaydir sanksiyalardan qat’i nazar, ko‘rib chiqilishi kerakligini aytdim.

Agar havo yo‘llari qatnovi bo‘lmasa, neytral maydonlarda o‘ynashga ruxsat berish kerak, bu prinsipial jihatdan normal bo‘lar edi, ko‘pchilik buni qo‘llab-quvvatladi", - dedi Sherstnev.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati