Inter futbolchisi bir nechta o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-09-2024, 19:36
Bugun "Inter" yarim himoyachining jarohati haqida xabar berildi - Barellaga o‘ng sonning mushaklari zo‘riqishi tashxisi qo‘yilgan. Yakshanba kungi “Milan” bilan o‘yinda (1:2) Nikolo 74-daqiqada maydonni tark etdi.
Football Italia nashrining xabar berishicha, Barella "Inter"ning navbatdagi uchta o‘yinini - "Udineze", "Srvena Zvezda" va "Torino"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Yarim himoyachi oktyabr oyidagi xalqaro tanaffusdan so‘ng maydonga tushishga tayyor bo‘ladi.