Jamshid Boltaboyev: “Bo‘lajak bellashuvni bemalol 6 ochkolik o‘yin desa ham bo‘ladi”

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 17:51
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “So‘g‘diyona” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv arafasida “lochinlar”ning 27 yoshli tajribali yarim himoyachisi Jamshid Boltaboyev bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Mazkur o‘yin ushbu turning markaziy uchrashuvlaridan biri. Boisi, joriy mavsumda har ikki jamoa sovrindorlar safidan joy olish maqsadida kurashmoqda.

Shu bois, bo‘lajak bellashuvni bemalol 6 ochkolik o‘yin desa ham bo‘ladi. Shuning uchun ushbu uchrashuvning shiddatli hamda keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori. Biz bo‘lajak bahsda zafar quchib, muxlislarga quvonch ulashish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Ishqibozlardan esa mazkur o‘yinda jamoamizni bevosita stadionda munosib tarzda qo‘llab-quvvatlab, g‘alabamizga madadkor bo‘lishlarini so‘rab qolaman. Biz esa ta’kidlaganimdek, ularning ishonchlarini oqlash uchun raqibni mag‘lubiyatga uchratishga harakat qilamiz.

Fursatdan foydalanib, jamoamizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov va klub vise-prezidenti Otabek Arifovich Samatovlarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman.

Joriy mavsumda jamoamiz o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi, degan umiddaman, – dedi Jamshid Boltaboyev.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati