Prevyu. “Navbahor” - “So‘g‘diyona”
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-09-2024, 17:49
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatlarining Cuperliga (oliy liga)sida o‘zaro 57 marta uchrashishgan.
Ushbu o‘yinlarning 27 tasida “Navbahor” g‘alaba qozongan bo‘lsa, “So‘g‘diyona” 22 ta bahsda zafar quchgan, 8 ta o‘yinda esa durang qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 95-65, “Navbahor” foydasiga.
Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 89 ochkoni qo‘lga kiritishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida 74 ochko mavjud.
“Navbahor” – “So‘g‘diyona” klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 1996 yili qayd etilgan. O‘sha yili “lochinlar” Namanganda jizzaxliklar darvozasiga 7 ta javobsiz to‘p kiritishgandi.
Sermahsullik borasida esa 2000 va 2014 yillardagi uchrashuvlar tarixda qolgan.E’tiborlisi, o‘sha o‘yinlarda darvozalarga to‘qqiztadan gol urilgan.2000 yili Namanganda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 6:3 hisobida zafar quchishgan bo‘lsa, 2014 yili Jizzaxda o‘tkazilgan bahsda “So‘g‘diyona” 5:4 hisobida g‘alaba qozongandi.Namanganda bo‘lib o‘tgan 28 uchrashuvning 21 tasida “lochinlar” zafar quchishgan bo‘lsa, 2 ta o‘yinda jizzaxliklar g‘alaba qozonishgan, 5 ta bahsda esa jamoalar durangga imzo chekishgan.
“Navbahor”ning o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan o‘yinlaridagi to‘plar nisbati – 63-17, namanganliklar foydasiga.
Mazkur jamoalarning 1-davrada Jizzaxda bo‘lib o‘tgan bahsida jamoamiz 2:1 hisobida zafar quchgandi. Mezbonlarning goliga Lupcho Doriyev (79-pen.), "lochinlar"ning gollariga esa Toma Tabatadze (22-pen.) va Jamshid Iskanderov (51-daq.)lar mualliflik qilishgandi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “So‘g‘diyona” o‘yini 26 sentyabr kuni Namangandagi “Markaziy” stadionida soat 18:30 da start oladi.