• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar Netanyaxuning siyosiy manfaatlari uchun qon to‘kishiga yordam bermoqda

Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar Netanyaxuning siyosiy manfaatlari uchun qon to‘kishiga yordam bermoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 17:13
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 354 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Balah, Jabaliya va Nusayrat lageriga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 41455 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Livan uchun eng og‘ir kecha. Isroilning Livan janubidagi shaharlarni ommaviy bombardimon qilishlari 21 soat davom etdi. O‘nlab turar-joy binolari bombardimon qilindi. Odamlar vayronalar ostida qolmoqda. Bekaa vodiysi eng ko‘p zarar ko‘rdi.

▪️Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Bir kun ichida 492 kishi, jumladan 35 bola va 56 ayol halok bo‘ldi. 1645 kishi jarohatlangan.

▪️Al-Qassam brigadalari Livandan Isroilga 40 dan ortiq snaryad uchirdi.

▪️Hizbulloh Isroildagi Hayfa, Zaytim harbiy bazasi, Rafael harbiy-sanoat majmuasi, Ramat Davit aviabazasi va Nimra bazasi, Megiddo harbiy aeroporti, Amos bazasi va Zichron hududidagi portlovchi moddalar zavodiga hujum qildi.
▪️Birinchi marta Hizbulloh raketalari G‘arbiy Sohilga yetib keldi.
▪️Turkiya Tashqi ishlar vazirligi: Isroilni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlar Netanyaxuning siyosiy manfaatlari uchun qon to‘kishiga yordam bermoqda.
▪️Xitoy: Livan xavfsizligi va suverenitetini himoya qilishda uni qattiq qo‘llab-quvvatlaymiz.
▪️Fransiya BMT Xavfsizlik Kengashining Livan bo‘yicha favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati