Real Endrikning har beshta goli uchun qo‘shimcha bonus to‘laydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 16:00
Endrik to‘p tepgan "Palmeyras" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Joau Paulo so‘zlariga ko‘ra, "Real Madrid" Endrik 60 ta gol kiritmaguncha urgan har 5 gol uchun Braziliya klubiga 1,5 million yevro to‘laydi.

Braziliyalik murabbiy, agar Endrik shartnomaning barcha shartlarini bajarsa, uning umumiy narxi 72 million yevrogacha bo‘lishini aytdi.

Endrik Braziliya terma jamoasiga chaqirilganida "Real" ham "Palmeyras"ga 1,5 million yevro to‘lashi shart edi.

Endrikning shartnomasida "Oltin to‘p" bandi yo‘q, ya’ni "Real Madrid" futbolchi kelajakda nufuzli sovrinni qo‘lga kiritsa, hech qanday to‘lov to‘lamaydi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati