Ruminiya aviabazasi NATO askarlari uchun kampusga aylanadi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 16-03-2024, 06:54
Ruminiyadagi "Mixail Kogelnichanu" havo bazasi 10 ming NATO askari va ularning oila a’zolari yashashi mumkin bo‘lgan harbiy lagerga aylantiriladi, buning uchun 2,5 milliard yevro sarmoya talab etiladi.

Bu haqda Ruminiyaning “Pro TV” telekanaliga asoslanib “Report” xabar bermoqda.

Aeroportda binolar, kasalxonalar va maktablar quriladi. Buning uchun 2 ming 300 gektardan ortiq yer maydoni ajratildi. Shuningdek, uchish-qo‘nish yo‘lagini ikki barobarga oshirish, yonilg‘i omborlari va qiruvchi samolyotlar va dronlar uchun bir nechta angarlar qurish rejalashtirilgan.

Bo‘lajak harbiy shaharchaning janubiy qismida ish boshlandi, bu yerda kirish yo‘llari va kuchli elektr tarmog‘i qurilmoqda. Shuningdek, shahar infratuzilmasi – bolalar bog‘chalari, maktablar, shifoxonalar, savdo do‘konlari va istirohat bog‘larini yaratish rejalashtirilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati