18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 14:15
“Dovut-ota” chegara bojxona posti, boshqarmaning tezkor tuzilmalari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan mazkur holatda respublikaga kirib kelgan Lada Largus rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida avtotransport yukxonasidagi 2 dona ovoz kuchaytirgich bojxona xodimlarining diqqatini tortdi. Boisi qurilmalarning ichiga yot jismlar joylangan ekan.



Xolislar ishtirokida ushbu kolonkalar ochib ko‘rilganida, ularning ichida 36 dona polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilganligi fosh bo‘ldi.

O‘ramlardagi oq rangli, o‘tkir hidli, kukunsimon moddalar esa Markaziy bojxona laboratoriyasining xulosasiga ko‘ra 18 kg 97 gr og‘irlikdagi "mefedron" sintetik giyohvandlik moddasi bo‘lib chiqdi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mefedron O‘zbekistonda muomalada bo‘lishi taqiqlangan giyohvand moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati