Shaxmat Olimpiadasi sovrindorlariga pul mukofoti va avtomobillar sovg‘a qilinadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 13:45
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-butunjahon shaxmat Olimpiadasida bronza medallarni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston erkaklar jamoasi a’zolari “Prezident sovg‘asi” sifatida BYD Chazor rusumidagi avtomobillar hamda pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Musobaqa qatnashchilari bugun, 24 sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olinadi va sovg‘alar topshiriladi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqada amaldagi chempionlar sifatida qatnashgan O‘zbekiston jamoasi 17 ochko bilan uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Musobaqa g‘olibi Hindiston 21 ochko to‘pladi. Kumush medallarga ega chiqqan AQSH O‘zbekiston termasidan faqatgina qo‘shimcha koeffisiyentlar evaziga g‘alaba qozondi.

Qizlar terma jamoasi esa yakuniy jadvalda 12-pog‘onani band etdi. O‘zbekiston terma jamoasi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga Xitoy, Ukraina, Polsha, Bolgariya, Argentinadan ortda qoldi.

Shuningdek, taxtalar kesimida: 1-taxtada Nodirbek Abdusattorov 2-o‘rin va kumush medalni, 4-taxtada Shamsiddin Vohidov 1-o‘rin va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Taxtalar kesimida: 4-taxtada Nodira Nodirjonova 3-o‘rin va bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati