Yuventus Osimxenga qiziqish bildirgandi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 12:57
"Yuventus" hozirda "Galatasaroy" hujumchisiga aylangan Viktor Osimxenni ijaraga olmoqchi edi, deya xabar beradi Italiyaning Rai nashri.

25 yoshli futbolchi "Napoli"dan "PSJ"ga o‘tishi kerak edi, ammo yakunda "Galatasaroy" bilan ijara shartnomasini imzoladi.

Hozirda uning "Yuventus"ga o‘tish ehtimoli juda past ko‘rinadi, chunki Dushan Vlahovich bor.

Futbolchining "Napoli" bilan shartnomasida sotib olish bandi bor, uni faqat xorij klublari (italiyaliklar emas) faollashtirishi mumkin, shuning uchun "Yuventus" kelasi yozda "Napoli" prezidenti Aurelio De Laurentis bilan muzokara olib borishi kerak.

Osimxen "Galatasaroy" safida 2 ta o‘yinda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati