Rossiya samolyoti so‘nggi bir sutka ichida uch marta Yaponiya chegaralarini buzdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 12:33
"Yaponiyaning F-15 va F-35 qiruvchi samolyotlari mamlakat havo hududini buzgan Rossiya harbiy razvedka samolyotiga maxsus raketalar bilan ogohlantirish berdi", deb yozadi The Wall Street Journal.

Gazetaning yozishicha, 1958 yildan beri Yaponiya mudofaa kuchlari tomonidan ogohlantiruvchi o‘q uzilmagan edi.

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi Bosh kotibi Yosimasa Xayasining 23 sentyabr kuni ma’lum qilishicha, Rossiyaning Il-38 samolyoti mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan 16/00 gacha Yaponiya shimolidagi Rebunna oroli suvlari ustidan uchib, uch marta Yaponiya havo hududiga bostirib kirgan. Tokio ushbu voqealar yuzasidan Moskvaga "jiddiy norozilik" bildirdi.

So‘nggi yillarda Rossiya harbiylari Xitoy bilan qo‘shma mashg‘ulotlarda qatnashib, Yaponiya hududi yaqinida ko‘proq harakat qilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati