O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan firibgar ushlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 17:52
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.O‘. fuqaro J.R.ning ishonchiga kirib, uni 3 000 AQSh dollari evaziga tanishlari yordamida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi universitetga o‘qishga kiritib, keyinchalik uning o‘qishini Samarqand tibbiyot akademiyasiga ko‘chirib berishini aytib, oldindan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati