Ukraina prezidenti Nyu-Yorkda Germaniya kansleri bilan uchrashdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 11:31
Vladimir Zelenskiy Olaf Shols bilan uchrashuvi haqida o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

"Biz adolatli dunyoga yaqinlashish haqida gaplashdik. Asosiy vazifa — birdamlikni saqlash. Bizning tinchlik formulamiz aynan shu maqsadda ishlab chiqilgan va biz birinchi tinchlik sammitini muvaffaqiyatli o‘tkazdik. Hozir ikkinchi tinchlik sammitiga tayyorgarlik ko‘rayapmiz. Bu Ukraina va butun Yevropa xavfsizligini to‘liq tiklashni kafolatlaydigan haqiqiy platforma bo‘la oladi", — dedi Ukraina prezidenti.

Tagesschau nashrining xabar berishicha, Shols jurnalistlar bilan uchrashuvda Germaniya Ukrainaning Rossiya hududiga chuqur zarba berishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilmasligini yana bir bor tasdiqlagan.

“Germaniya zarba berishda masofa cheklovlarini olib tashlamaydi. Bu mening shaxsiy pozisiyamga to‘g‘ri kelmaydi", — deya fikr bildirdi Shols.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati