U20 Osiyo kubogi saralash bosqichida terma jamoamiz birinchi o‘rinda bormoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 11:21
Xabaringiz bor, Xitoy Taypeyida U20 yosh toifasida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi saralash bosqichi o‘tkazilmoqda. Unda Farhod Nishonov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Terma jamoamiz mazkur saralash bosqichida “B” guruhidan o‘rin egallagan bo‘lib, ilk o‘yinini Kambodja termasiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsda vakillarimiz raqib darvozasiga javobsiz yettita to‘p kiritdi. Ushbu gollarga Aziz To‘lqinbekov va Saidumarxon Saidnurullayev ikki marotaba, Dilshod Abdullayev, Muhammadali O‘rinboyev va Lazizbek Mirzayev esa bir martadan mualliflik qildi.



Shu tariqa, jamoamiz “B” guruhida bitta o‘yin kam o‘tkazgan bo‘lsada 3 ochko bilan gollar nisbatiga ko‘ra, birinchi pog‘onani egallab turibdi. Shuningdek, Kambodja va Nepal ikki o‘yinda bittadan g‘alaba va mag‘lubiyat evaziga 3 ochko bilan 2-4-pog‘onada bormoqda.

Bahrayn terma jamoasi esa bitta uchrashuvdagi g‘alaba natijasida uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Musobaqa mezbonlari bo‘lgan Xitoy Taypeyi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘lib so‘nggi pog‘onada qolmoqda.


Endi O‘zbekiston U20 terma jamoasi 25 sentyabr kuni Nepalga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Shu kuni Bahrayn va Kambodja yoshlar termasi ham o‘zaro raqobatlashadi. Xitoy Taypeyi esa bu kunda dam oladi.
Ma’lumot o‘rnida: ushbu saralash bosqichida 10 ta guruhda birinchi o‘rinni egallagan va eng yaxshi natija qayd etgan yana beshta terma jamoa 2025 yilning 6-23 fevral kunlari Xitoyda o‘tadigan U20 Osiyo kubogiga yo‘l oladi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati