Ukraina-Rossiya urushi: Gaagada yangi suj eshituvlari boshlandi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 1
- Формат: mp4
- Дата релиза: 24-09-2024, 11:21
Ukraina Tashqi ishlar vazirligining maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Anton Korinevich Rossiya Federasiyasi SSSR va undan oldingi Rossiya imperiyasi davriga qaytishga harakat qilib, xalqaro huquqni mensimayotganligini ta’kidladi.
"Bir mamlakat Xalqaro dengiz konvensiyasi tomonidan o‘rnatilgan huquqiy rejimdan katta suv havzasini, butun bir dengizni bir tomonlama egallab olishi mumkinmi? Bu savolga javob faqat salbiy bo‘lishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Korinevich.
Rossiya Ukrainaning da’volari asossiz ekanini bildirdi. Moskva ma’lumotlariga ko‘ra, Azov dengizi va Kerch bo‘g‘ozi Rossiya Federasiyasining "ichki suvlari" bo‘lib, ular Xalqaro dengiz konvensiyasiga kirmaydi.
Sud mazkur ish bo‘yicha yakuniy qarorni qachon qabul qilishi hozircha noma’lum, biroq odatda bunday jarayonlar oylar, hatto yillar davom etadi.