Zelenskiy: Menimcha, biz o‘ylaganimizdan ko‘ra tinchlikka yaqinroqmiz

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 10:36
AQShda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush ko‘pchilik o‘ylaganidan ko‘ra “tugashga yaqin” ekanini aytdi. Bu haqda u ABC News’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Siyosatchi g‘alaba rejasining mohiyati nimadan iboratligini aytdi va ittifoqchilarni Ukraina armiyasini mustahkamlashga chaqirdi.

“G‘alaba rejasi — bu Ukrainani mustahkamlash. Shuning uchun do‘stlarimizdan, ittifoqchilarimizdan bizni mustahkamlashlarini so‘raymiz. Bu juda muhim. Menimcha, biz o‘ylaganimizdan ko‘ra tinchlikka yaqinroqmiz. Urushning tugashiga yaqinlashmoqdamiz”, dedi Zelenskiy.

Siyosatchi AQSh va Britaniyaga bir necha bor murojaat qilib, ulardan Ukrainaga berilgan uzoq masofali raketalarni Rossiya ichkarisidagi nishonlarga qarshi ishlatish bo‘yicha cheklovlarni bekor qilishni so‘ragandi. Zelenskiy iltimosi Ukraina sharqidagi shiddatli janglar fonida, shuningdek, Rossiyaning Kursk viloyatidagi operasiyadan bir necha hafta o‘tgach yangradi.

Ukraina prezidenti ABC News’ga bergan intervyusida Putin Kursk operasiyasidan “qo‘rqayotgani”ni aytdi.

“Bu haqiqat. U (Putin) juda qo‘rqmoqda. Nega deganda, uning xalqi u o‘zining... butun hududini himoya qila olmasligini ko‘rdi”, dedi Zelenskiy.
Prezident faqat “kuchli pozisiyadan” turib Ukraina “Putinni urushni to‘xtatishga majbur qilishi” mumkinligini aytdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati