Anchelotti dunyoning eng yaxshi klubi nomini aytdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 10:26
“Real Madrid” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti qaysi klubni dunyoning eng zo‘ri deb bilishini aytdi.

Men “Milan” kabi buyuk klublarni boshqarish baxtiga muyassar bo‘ldim. U yerda futbolchi ham bo‘lganman. Ammo “Real Madrid” dunyoning eng yaxshi klubi, bunga hech qanday shubha yo‘q. Bu klubda shuncha ko‘p o‘yinda murabbiy bo‘lib boshqara olish — shunchaki mo‘jiza, deya Anchelotti so‘zlarini keltiradi Sport Mediaset.

Anchelotti bungacha “Parma”, “Yuventus”, “Milan”, “PSJ”, “Chelsi”, “Bavariya”, “Napoli” va “Everton” kabi klublarni boshqargan. Anchelottining “Real” bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati