Bir qator hududlarda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 10:11
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan F.B. fuqaro B.I.ga jami 3 800 AQSh dollarini 48 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan IIB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan X.X. fuqaro X.I.ga jami 3 800 AQSh dollarini 48,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bo‘zatov tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan J.B. fuqaro B.A.dan jami 300 ming Rossiya rublini 40,2 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati