Jo Koul: Antoni Erediviziya uchun ideal futbolchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 08:47
Jo Koul nima uchun Antoni "Manchester Yunayted"da o‘zini ko‘rsata olmasligini tushuntirdi.

"Manchester Yunayted" braziliyalik vingerni 2022 yilning yozida «Ayaks»dan 82 million funt sterlingga (100 million yevro) sotib olgandi.

"Manchester Yunayted" uchun 84 ta o‘yinda Antoni 12 ta gol urdi, 5 ta golga assistentlik qildi va 14 ta sariq kartochka oldi.

"Muammo shundaki, men uni Erediviziya uchun ideal futbolchi deb bilaman. Ammo unga Premyer-ligada o‘ynash juda qiyin.

U ajoyib texnika va mahoratga ega iqtidorli futbolchi. Uning "Barnsli"ga qarshi yaxshi o‘ynaganini ko‘rish yoqimli bo‘ldi, biroq uning joriy mavsumda “Yunayted”ning asosiy tarkibiga ta’sir o‘tkazayotganini ko‘rmayapman, men uning o‘zgarishlarini ko‘rmayapman.

O‘ylaymanki, "Manchester Yunayted" uni qo‘yib yuboradi", – dedi Jo Koul.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati