Xavi Romani boshqarishdan bosh tortgan

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 08:22
Italiyaning “Roma” klubi Daniele de Rossining ishdan bo‘shatilishi ortidan bir qancha murabbiylar bilan aloqaga chiqdi, deb xabar bermoqda Corriere dello Sport.

Manbaga ko‘ra, gap Stefano Pioli, Xavi va Franchesko Farioli haqida ketmoqda. Ularning hammasi rimliklarni rad etishdi. Natijada “Roma”ni Ivan Yurich boshqardi, uning qo‘l ostida jamoa “Udineze”ga qarshi o‘tkazgan ilk uchrashuvida g‘alaba qozondi (3:0).

Xavi 2021 yilning noyabridan 2024 yilning 24 mayigacha "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi sifatida ishlagan.

“Roma” ayni damda A Seriyada 6 turdan keyin 6 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati