Raul “SHalke”ni boshqarishi mumkin

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 08:10
"Shalke" Ispaniya terma jamoasi va "Real"ning sobiq hujumchisi Raulni jamoaga bosh murabbiy etib tayinlash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi Bild.

Manbaga ko‘ra, klub 47 yoshli ispaniyalikni bu lavozimga asosiy nomzod deb hisoblamoqda. Mutaxassisning o‘zi "Real Madrid"ning zaxira jamoasi "Kastilya" bilan ishlashni davom ettirmoqchi.

"Shalke" 5 o‘yindan keyin 4 ochko bilan 2-Bundesliga turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.

Raul 2010 yilning iyulidan 2012 yilning iyunigacha "Shalke"da o‘ynagan. Forvard 2015 yilning noyabrida faoliyatini yakunlagan, shundan so‘ng u "Real Madrid" tizimida murabbiylik faoliyatini boshlagan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati