PSJ Hakimiy bilan muzokaralarni boshladi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 08:07
"PSJ" himoyachi Ashraf Hakimiy bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarga kirishdi, deya xabar beradi jurnalist Fabrisio Romano.

Parij klubi 25 yoshli marokashlikni jamoaning asosiy futbolchilaridan biri deb biladi va u bilan uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida.

Hakimiy "PSJ"da 2021 yilning iyulidan buyon o‘ynamoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

2024/25 yilgi mavsumda Hakimiy "PSJ" safida barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati