Tojikiston aholisiga elektr energiyasini yetkazib berishga cheklovlar o‘rnatdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 6
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 07:38
Hududlar aholisi kuniga sakkiz soatdan o‘n soatgacha elektr energiyasini oladi. Xuddi shu choralar o‘tgan yili ham qabul qilingan edi.



Bu kabi qaror mamlakat elektr energiyasining 90% dan ortig‘ini ta’minlaydigan yirik gidroelektrostansiyalar uchun suv yetishmasligi fonida yuz beryapti.



Bu yil mutaxassislar Tojikistonda 1 milliard kvt• soatdan ortiq mavsumiy taqchillik ro‘y berishini prognoz qilishmoqda. Bu, 82 mln AQSh dollar pul ekvivalentiga teng.


Kelgusida o‘zbek va turkman hukumati qo‘shni tojiklarga kuz—qish mavsumida ularda mana shunday vaziyatlar ro‘y bermasligi uchun elektr energiyasini o‘zlaridan ortirib, ularga eksport qilishi hamda yozda ana o‘sha tok quvvatini import qilishi kerak bo‘ladi.

Bo‘lmasa, ikki tekislik mamlakatda kelgusi sug‘orish davridayoq suv tanqisligi bilani bog‘liq jiddiy xavf paydo bo‘lib turaveradi. Chunki, endi tojik mas’ullari kelgusi qish uchun yozda suv omborlarini to‘ldirish rejimiga o‘tib olishadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati