FIDE Bosh assambleyasi Rossiya va Belarusga qarshi sanksiyalarni bekor qilishdan bosh tortdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 3
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 07:10
Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) Bosh assambleyasi Qirg‘izistonning Rossiya va Belarus shaxmatchilariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish taklifini rad etdi.Mazkur ikki davlatlarga qo‘yilgan cheklovlarni olish taklifiga 22 sentyabr kuni yetarlicha ovoz berilmagan.“21 delegat sanksiyalarning to‘liq bekor qilinishi uchun ovoz bergan, 41 ta davlat esa qarshi ovoz bergan, 27 nafari betaraf qolgan yoki ovoz berish jarayonida ishtirok etmagan”, deb xabar beradi Reuters.AFP hamda Reuters nashrlarining ma’lum qilishicha, Budapeshtdagi Bosh assambleya FIDE kengashiga 12 yoshgacha yoki nogironligi bo‘lgan rossiyalik va belaruslik shaxmatchilarni musobaqalarga qabul qilish imkoniyatini o‘rganish va bu borada Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) bilan maslahatlashish uchun ovoz bergan.Rossiya va Belarus 2022 yilda Rossiya—Ukraina urushi boshlaganidan so‘ng FIDEdan chiqarib yuborilgan, bu esa ushbu davlatlarni xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnashishiga to‘sqinlik qiladi.2024 yil iyun oyida FIDE Etika komissiyasi Rossiya shaxmat federasiyasini (RSHF) ikki yilga xalqaro federasiya a’zoligidan mahrum qilgan edi. Bunday qaror Ukraina shaxmat federasiyasining Rossiya tuzilmasining anneksiya qilingan Qrimdagi, shuningdek, Ukrainaga qarshi urushi davrida bosib olingan Ukraina hududlaridagi “faol faoliyati” haqidagi shikoyatidan so‘ng qabul qilingan.Ikki oy o‘tgach, Etika komissiyasining Apellyasiya palatasi 45 ming yevro jarima evaziga RSHFni a’zolikdan chiqarib yuborish to‘g‘risidagi iyundagi qarorini bekor qilgan.












Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati