Mirjalol Qosimov: Intrigani saqlab qolish uchun imkonimiz bor edi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 4
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 04:54
Superligada 19-tur yakunlandi. OKMK jamoasi bu tur safarda "Nasaf" bilan kuch sinashdi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Avvalambor Nasafni g‘alaba bilan tabriklayman. Ajdarlar bugun natija uchun harakat qildi va uddaladi. Aytilganidek, qarshi hujumda yaxshi harakatlanishidan unumli foydalandi. Bosim o‘tkazishdan ko‘ra, qarshi hujumni tanladi.

OKMK ni chempionlikka da’vogar jamoa darajasiga olib chiqdingiz, buning siri nimada? Kelajakda chempionlik rejalari bormi?

Bilasizmi, buni birgina gap bilan ta’riflab berish mushkul. Qarshi hujumda gollar o‘tkazib yubormaslik kerak. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanish kerak. O‘yinimiz muxlislarga yoqqan bo‘lsa xursandmiz.

OKMK oxirgi sekundda ham gol urishi mumkin?!

Muxlislar o‘yinga tushganidan so‘ng, kutilmagan voqealar ko‘p bo‘ladi. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. Buni doim shogirdlarimga uqtiraman. Bu muxlislarning hurmati. 2020 yilda ishqibozlarsiz ham to‘p tepdik. Ularning qadri o‘tdi. Sekin-asta natijaga ham erishamiz.
OKMK chempionlik poygasidan chiqdimi?
Bizda intrigani saqlab qolish uchun imkoniyat bor edi. Tarixni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Endi 19 ta tur ortda qoldi. Qolgan o‘yinlarni ham oxiriga yetkazib qo‘yish kerak.
Penalti bilan bog‘liq vaziyat qo‘pol xatomi?
Hozir biror narsa deyish qiyin. Buni ko‘rib chiqish lozim. To‘g‘risi, o‘zim vaziyatni ko‘rmay qoldim. Balki, bu bahsning burilish nuqtasi bo‘lgandir. Kiyinish xonasida Oybekning holatini ko‘rib darrov uni qo‘liga tekkanini sezdim. Tekkan yoki tekmagan, barchaning vijdoniga havola.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati