Ro‘ziqul Berdiyev: Futbolchilar hech qanday bosimsiz o‘ynashmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 04:51
Superligada 19-tur ortda qoldi. Peshqadam "Nasaf" bu tur o‘z maydonida OKMKni qabul qildi va 2:0 hisobida g‘alabaga erishdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

OKMK ko‘rsatgan o‘yin taxsinga sazovor. Barcha muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Bugun bizni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun maydonda qarshi hujumlarda keskin harakat qilganimiz uchun ham g‘alabani ilib ketdik.

"Nasaf"ni muddatidan avval chempion bo‘ldi deb hisoblasak bo‘ladimi?

Biz va muxlislarimizni orzusi bor. Yigitlar buni tushunib turibdi. Hech qanday bosimsiz harakat qilishmoqda. Oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Kuchsiz jamoalarga balki motivasiya kamroq bo‘lishi mumkindir, ammo yigitlarni har bir bahsga jiddiy tayyorgarlik bilan olib chiqyapmiz. Biz qachon maqsadimizga erishsak, ana shunda to‘xtasak bo‘ladi.

OKMKning mag‘lubiyati ochiqroq futbol o‘ynagani bilan bog‘liqmi?

Agar ularni statistikasiga e’tibor qaratsangiz, 21 ta to‘p olib chiqqan o‘z darvozasidan. Bizning avvalgi to‘qnashuvimizda ham sermahsullik kuzatilgan edi. Gollardan tashqari ham qarshi hujumlarda imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Bugungi natijamiz raqibni ochiq futbol o‘ynagani bilan bog‘liq. Ba’zida o‘zimiz ham yopiqroq futbol o‘ynashga o‘tmoqdamiz.
Dilshod Komilov bugun zaxiradan tushurildi. U jamoaga singib ketmadimi?
Hozir tajribasi ko‘proq futbolchilar bor. U Quvvaytda ham 90 daqiqa harakat qildi. U har bir maydonga chiqqan bahsida o‘yinimizni yaxshilashga qodir futbolchi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati