Qurilish sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 24-09-2024, 00:02
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 23 sentyabr kuni qurilish industriyasi va qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish chora-tadbirlari muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Qurilish iqtisodiyotning barcha tarmoqlari rivojlanishiga katta turtki beradigan sohadir. Har bir loyiha qurilish materiallari va jihozlarga, ishchi va mutaxassislarga talabni oshiradi. Yangi majmualar atrofida yangi ish o‘rinlari, infratuzilma va xizmatlar paydo bo‘ladi.

So‘nggi yetti yilda qurilish materiallari sohasiga 9 milliard dollar investisiya kiritilib, 5 mingga yaqin yangi korxona ishga tushirilgan, 94 mingta doimiy ish o‘rni yaratilgan. Ishlab chiqarish 2 karra o‘sgan, yillik aylanmasi 100 milliard so‘mdan ziyod korxonalar 150 tadan oshgan.

Oxirgi besh yilda bunyodkorlik hajmi 2 baravar ko‘paygan. 650 million dollarlik yangi mahsulotlar o‘zlashtirilgani hisobiga qurilishdagi import ulushi 31 foizdan 25 foizga kamaygan.

Qurilish materiallari eksport bozori kengayib, 58 taga yetdi. Xorijda 20 dan ortiq savdo omborlari, 50 dan ziyod do‘konlar ochildi. Bu yil eksport miqdorini 1 milliard dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

Shu bilan birga, sohada muammolar ham bor, imkoniyatlar esa ko‘p. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari ularni tahlil qilib, yangi tashabbus va vazifalarni aytdi.
Bugun yurtimizda quvvati 140 ming tonna bo‘lgan 7 ta bazalt korxonasi bor. Binokorlikda bu mahsulot keng qo‘llanayotgani natijasida yangi uy-joy va ijtimoiy binolarda energiya sarfi 20 foizgacha kamaygan.
Lekin, bundan tashqari, quyosh nurini qaytaruvchi oyna, vermikulit aralashmasi kabi materiallarni ishlatib, energiya sarfini yana 2 baravar qisqartirsa bo‘ladi. Binolarning fasad qismida fibro tolali paneldan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Uni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan sement va boyitilgan qum o‘zimizda yetarli.
Mutasaddilarga shu kabi muhim qurilish materiallarini yurtimizda ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Jumaladan, Quvasoydagi “Kvars” korxonasida 20 million dollarlik, Jizzaxdagi oyna zavodida 10 million dollarlik investisiya loyihalari bajarilishi aytildi.
Umuman, tadbirkorlar bilan birgalikda, 3,5 milliard dollarlik 350 ta yangi loyiha rejalashtirilgan. Ularning qurilishiga hamda faoliyatiga kambag‘al oilalardan 50 ming fuqaroni ishga joylashtirish ko‘zda tutilgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati