Hindistonda yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 23:51
Hindistonning Chxattisgarx shtatida yashin urishi oqibatida sakkiz kishi, jumladan, olti nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib Ani agentligi xabar berdi.

«Yomg‘ir vaqtida Jorataray qishlog‘ida sakkiz kishini yashin urdi. Ularning olti nafari maktabdan qaytayotgan o‘quvchilar bo‘lsa, uch nafari esa daraxt ostida panada turgan. Yashin urishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan. Amaldorlar hodisa joyiga yetib kelgan. Bir kishi tabiiy ofat oqibatida jarohat olgan», — deydi okrug mas’uli Sanjay Agarval.

Qayd etilishicha, sentyabr boshida ham ushbu shtatda yashin urishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan va uch kishi jarohat olgan. Polisiya superintendanti Abxishek Singxning so‘zlariga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa jarbrlanuvchilar kuchli yog‘ingarchilik vaqtida, daladan uyga qaytayotganida sodir bo‘lgan.

Marhumlarning eng kichi 18 yoshda, eng kattasi esa 40 yoshda bo‘lgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati