Fransiyaning davlat qarzi 3 trillion yevrodan oshdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 23:41
Fransiyaning davlat qarzi 3 trillion yevrodan oshdi, mamlakat iqtisodiyoti esa og‘ir ahvolda ekani aytildi.

Bu haqda respublika bosh vaziri Mishel Barne France 2 telekanalida ma’lum qilgan.

"Mamlakatimiz juda og‘ir vaziyatni boshdan kechirmoqda", dedi u, "Fransiyaning qarzi 3 trillion yevroni tashkil etadi va unga xizmat ko‘rsatish uchun yiliga 50 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflanadi".

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyaning davlat qarzi deyarli 3,16 trillion yevroni tashkil etadi.

Barnening ta’kidlashicha, "hukumat na davlat qarzining ko‘payishiga, na ekologik talablarning kamayishiga yo‘l qo‘ymaydi". Hukumat xarajatlarni nazorat qilish va pensiya islohotini saqlab qolishga intiladi, deya qo‘shimcha qildi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘liqni saqlash tizimi va immigrasiya nazoratiga ustuvor e’tibor beriladi.
Hukumat rahbari badavlat fransuzlar daromadiga soliqlar oshirilishini istisno etmadi. "Men eng badavlat vatandoshlardan iqtisodiy vaziyatni normallashtirish choralarida ishtirok etish talab qilinishi mumkinligini istisno qilmayman", dedi u.
Avvalroq Yelisey saroyi tashqi ishlar vaziri lavozimini Jan-Noel Barro egallagan yangi vazirlar mahkamasining tasdiqlangan ro‘yxatini e’lon qilgan edi.
Iqtisodiyot vaziri lavozimini 33 yoshli Antuan Armand egalladi. 23 sentyabr kuni Vazirlar kengashining yangi tarkibdagi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati