Navas prinsipial klubi safiga o‘tmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 0
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 23:20
Keylor Navas "Barselona"ga o‘tmoqchi. Avvalroq Kataloniya jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen jarohati sabab mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.

37 yoshli Navas, agar imkoniyat bo‘lsa, germaniyalik darvozabonni almashtirish uchun xursand bo‘lib, "Barsa" safiga qo‘shilishga rozi, deb yozadi Mundo Deportivo.

"PSJ"ni erkin agent sifatida tark etgan kosta-rikalik futbolchi o‘ynashni istamoqda va takliflarni tinglashga tayyor.

Mavsum oralig‘ida "Real"ning sobiq futbolchisi yakka tartibda shug‘ullangan.

Qayd etilishicha, agar “Barselona” u bilan bog‘lanishga qaror qilsa, futbolchining maoshi masalasi “muammoga aylanmaydi”.

Keylorni agent Xorxe Mendes himoya qiladi, u klub bilan yaxshi munosabatda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati