Shri-Lankadagi prezidentlik saylovlarida Anur Kumar Dissanayake g‘alaba qozondi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 22:01
Shri-Lankadagi prezidentlik saylovlarida “Milliy xalq kuchi” alyansi yetakchisi Anur Kumar Dissanayake g‘alaba qozondi, deb yozadi BELTA.

“Komissiya o‘z saytida 55 yoshli Dissanayake shanba kuni bo‘lib o‘tgan saylovda 42,31% ovoz bilan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Ikkinchi o‘rinda muxolifat yetakchisi Sajit Premadasu, uchinchi o‘rinda esa amaldagi prezident Ranil Vikrmesingxe joy olgan”, — deb yozadi gazeta.

Saylov komissiyasiga ko‘ra, saylovda qatnashgan 13,6 million kishining 5,6 milliondan ortig‘i Dissanayakega ovoz bergan. Yangi prezidentning inaugurasiyasi 23 sentyabrda bo‘lib o‘tadi.

Dissanayakening siyosiy faoliyati 1988 yilda Ijtimoiy talabalar uyushmasining milliy tashkilotchisi sifatida boshlangan va o‘ttiz yildan ortiq davom etgan. Siyosatchi “Xalq ozodlik fronti” partiyasi safidan ko‘tarilib, 1995 yilda uning Markaziy ishchi qo‘mitasi a’zosi, 2001 yilda esa parlament deputati bo‘ldi. 2004-2005 yillarda Shri-Lanka qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, yer va irrigasiya vaziri lavozimida ishlagan. 2014 yilda Dissanayake Xalq ozodlik fronti partiyasining yetakchisi bo‘ldi.

Dissanayake avvalroq prezident etib saylansa, oziq-ovqat inqiroziga qarshi kurashishga, ta’lim va sog‘liqni saqlashga sarmoya kiritishga va Shri-Lankaning iqtisodiy o‘sishi uchun ishlashga va’da bergan edi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati