Aprel oyida qanday ob-havo kutilayotgani haqida ma’lumot berildi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 18
- Формат: mp4
- Дата релиза: 29-03-2024, 17:32
Bu yil aprel oyi quruq va o‘rtacha iliq ob-havo bilan boshlanadi. Birinchi besh kunlikda havo 15-20 daraja iliqqacha isiydi, kechalari harorat 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu davrda respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli ko‘proq. Tekislik hududlarida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida 2-3 aprel kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Oyning birinchi o‘n kunligining ikkinchi yarmida harorat asosan kechalari 8-13 daraja iliq, kunduz kunlari 18-23 daraja iliq bo‘ladi. Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 daraja iliqdan 10-15 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 13-18 daraja iliqdan 25-30 darajagacha o‘zgarib turadi. Oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan kam, ba’zi joylarda me’yor atrofida bo‘ladi.