Raisiy ham peyjer orqali yo‘q qilinganmidi?
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-09-2024, 19:49
Evropada ishlayotgan eronlik jurnalist Muhammad Ahvaziy X ijtimoiy tarmog‘idagi postida Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Ahmad Baxshaysh Ardestoniyning «Hizbulloh» xakerlik hujumiga uchragani, Raisiyda ham hakerlik hujumiga uchragan peyjer bo‘lganligini aytgan so‘zlarini keltirdi.
Shu oy boshida Eronda olib borilgan rasmiy tergov Raisiy va uning hamrohlari bo‘lgan vertolyot halokatiga yomon ob-havo sabab bo‘lganini aniqladi.
Livandagi Hizbulloh bilan bog‘liq portlashlar ortidan Eron OAVlari Raisiy qatnashgan marosimda olingan suratlardan birida stol ustida yotgan peyjerni aniqladi. Ushbu surat Raisiy vertolyoti peyjer portlashi tufayli halokatga uchragan bo‘lishi mumkinligi haqidagi bir qator nazariyalarni keltirib chiqardi. Hozir Eron parlamentining Xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi ushbu versiyani rasman ilgari surmoqda.