G‘azodagi urush misli ko‘rilmagan o‘lim va halokat darajasiga yetdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 1
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 18:49
Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 353 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Baloh, Jabaliya, Burayj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 3 ta qirg‘in sodir bo‘ldi, 40 kishi shahid bo‘ldi.

▪️Nasistlar Shati lageridagi ko‘chirilganlar joylashtirilgan Kafr Qosim maktabiga hujum qildi. 7 kishi halok bo‘ldi.

▪️Al-Qassam brigadalari Rafah hududida Merkava tanki va harbiy buldozer yo‘q qilinganini bildirdi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlariga katta hujum uyushtirmoqda, 60 kishi hibsga olingan, ular orasida ayollar ham bor. 7 oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda 10 800 dan ortiq falastinlik hibsda saqlanmoqda.

▪️Bugun ertalab Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubidagi Yater, Xiam shaharlari va Bekaa vodiysiga yirik zarbalar berdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Al-Arfad dronlari yordamida Golani brigadalari harbiy bazasiga hujum qildi.
▪️ Human Rights Watch sobiq rahbari: Isroil o‘z jinoyatlari va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi aparteidni fosh qilgani uchun Al-Jazira ofisini yopdi.
▪️BMT bosh kotibi: G‘azodagi urush misli ko‘rilmagan o‘lim va halokat darajasiga yetdi.
▪️Avstraliya G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi gumanitar falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasiga 6,8 mln dollar (10 mln Avstraliya dollari) ajratilishini ma’lum qildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati