G‘azodagi urush misli ko‘rilmagan o‘lim va halokat darajasiga yetdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 2
- Формат: mp4
- Дата релиза: 23-09-2024, 18:49
▪️Bosqinchilar Rafah, Dayr al-Baloh, Jabaliya, Burayj va Nusayrat lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 3 ta qirg‘in sodir bo‘ldi, 40 kishi shahid bo‘ldi.
▪️Nasistlar Shati lageridagi ko‘chirilganlar joylashtirilgan Kafr Qosim maktabiga hujum qildi. 7 kishi halok bo‘ldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Rafah hududida Merkava tanki va harbiy buldozer yo‘q qilinganini bildirdi.
▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar Falastin shaharlariga katta hujum uyushtirmoqda, 60 kishi hibsga olingan, ular orasida ayollar ham bor. 7 oktyabrdan beri bosib olingan G‘arbiy Sohilda 10 800 dan ortiq falastinlik hibsda saqlanmoqda.
▪️Bugun ertalab Isroil qiruvchi samolyotlari Livan janubidagi Yater, Xiam shaharlari va Bekaa vodiysiga yirik zarbalar berdi.
▪️Iroq qarshilik kuchlari Al-Arfad dronlari yordamida Golani brigadalari harbiy bazasiga hujum qildi.
▪️ Human Rights Watch sobiq rahbari: Isroil o‘z jinoyatlari va bosib olingan G‘arbiy Sohildagi aparteidni fosh qilgani uchun Al-Jazira ofisini yopdi.
▪️BMT bosh kotibi: G‘azodagi urush misli ko‘rilmagan o‘lim va halokat darajasiga yetdi.
▪️Avstraliya G‘azo sektori va G‘arbiy Sohildagi gumanitar falokat oqibatlarini bartaraf etish uchun YUNISEF va BMT Aholishunoslik jamg‘armasiga 6,8 mln dollar (10 mln Avstraliya dollari) ajratilishini ma’lum qildi.