Zelenskiy tuzgan rejaning asosiy bandlari e’lon qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 18:12
The Times`ga ko‘ra, Zelenskiy Bayden bilan uchrashuvda Ukrainaning "g‘alabasi rejasi"ni taqdim etadi.

Nashrning ma’lum qilishicha, reja to‘rtta asosiy banddan iborat:

— G‘arb davlatlaridan xavfsizlik kafolatlarini so‘rash. Ushbu kafolatlar NATO a’zolari o‘rtasida tuzilgan jamoaviy mudofaa paktiga o‘xshaydi;

— Kursk viloyatida operasiyani davom ettirish;

— Zamonaviy qurollarni olish;

— Vayron bo‘lgan Ukraina iqtisodiyotiga xalqaro moliyaviy yordam ajratilishi.
Nashr shuningdek, Zelenskiy rejani AQSh prezidentligiga nomzodlar Kamala Harris va Donald Trampga ham taqdim etishi haqida xabar berdi. Shuningdek, Zelenskiy Bayden idorasidan, hatto noyabrda Tramp g‘alaba qozongan taqdirda ham, xavfsizlik kafolatlari o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymasligini istaydi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati