“Navbahor” klubi rahbariyatida o‘zgarish

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 29-03-2024, 17:26
Bugun “Navbahor” uy uchrashuvlarini o‘tkazadigan “Markaziy” stadionida yig‘ilish o‘tkazildi. Uni Namangan shahar, Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev olib bordi, deyiladi klub matbuot xizmati xabarida.

Xabarga ko‘ra yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. “Navbahor” PFK prezidenti Rasul Nizambayev sog‘ligidagi muammolar sababli, o‘z arizasiga binoan iste’foga chiqqani ma’lum qilindi. Shuningdek, Baxtiyor Nurmatov yana “Navbahor” klubi direktori lavozimiga qaytdi.

Bungacha ushbu lavozimda faoliyat yuritgan Akmal Soxibov esa direktor o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlaydigan bo‘ldi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati