Hakamni haqorat qilgan Bellingem jazolanmasligi ma’lum bo‘ldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 2
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 23-09-2024, 16:59
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem “Espanyol”ga qarshi o‘yin bosh hakami Xose Munuyera Monteroga qo‘pol munosabatda bo‘lgan. Futbolchi ogohlantirilgach hakam sha’niga to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlar aytgan, ammo Jud hech qanday jazo olmaydi.

Manbaga ko‘ra, hakam Judning so‘zlarini eshitmagani uchun Ispaniya hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) shikoyat arizasi yubormaydi. Qo‘mita epizod bo‘yicha shikoyat qilishning hojati yo‘q deb hisoblaydi. Buning sababini qo‘mita “Real” yarim himoyachisining so‘zlari ommaviy bayonot emasligi bilan izohlagan.

Ma’lumot uchun, voqea ikkinchi bo‘limda sodir bo‘lgan. Jud Bellingem qoidabuzarlikni belgilamagan hakamga norozilik bildirgani uchun sariq kartochka oldi. U raqib o‘yinchisi bilan tortishib qoldi, so‘ngra turib, hakamga norozilik bildira boshladi. Hakam esa ikkilanmasdan unga sariq kartochka ko‘rsatdi. Buni ko‘rgan ingliz o‘yinchisi “Bu nima ahmoqlik”, deya baqirgan.

22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvda “Real Madrid” klubi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati